Joriy yilning 17–20-sentabr kunlari sportning voleybol turi boʻyicha Toshkent shahar IIBB boshqarmalari va tuman IIOFMBlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar birinchilik uchun oʻzaro bellashishdi.
Musobaqa yakuniga koʻra Sergeli tumani jamoasi 3-oʻrin, Yakkasaroy tumani sportchi ayollari 2-oʻrinni band etishdi. Barcha jamoalardan ustunlik qilgan Toshkent shahar IIBB boshqarmalaridan tashkil topgan markaziy apparat terma jamoasi esa 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Gʻolib va sovrindorlarga IIBB rahbariyati tomonidan diplom, medal va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
