1 fevraldan 1 mart kunigacha oʻtkazilgan «Yoshlar oʻrtasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurashish oyligi» doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talaba qizlari oʻrtasida sportning «WORKOUT» turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Musobaqa avvalida Nukus shahar IIOFMB xodimlari talaba-yoshlarga giyohvandlikning zararli oqibatlari hamda unga qarshi kurashish oyligini oʻtkazishdan maqsad va vazifalar haqida batafsil tushunchalar berishdi. 

Shundan soʻng musobaqaga start berildi. Natijalariga koʻra, gʻoliblikka munosib deb topilgan yoshlar munosib taqdirlandi.

Azamat PIRNIYAZOV,

«Postda» muxbiri.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi.