IIV Xorazm akademik litseyida iqtidorli oʻquvchilar koʻpchilikni tashkil etadi. Ular orasida fan olimpiadalari gʻoliblari, sportning turli yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston va Osiyo chempionlari va sovrindorlari ham bor. 

Ayni kunlarda Urganch shahrida “World Usmanovʼs Combat systems Association” Federatsiyasi tomonidan yoshlar oʻrtasida sportning qoʻl jang” turi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. 24-sentabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan mazkur musobaqada dunyoning oltita mamlakatidan 64 nafar yosh, iqtidorli sportchilar ishtirok etyapti. 

Ular orasida IIV Xorazm akademik litseyi oʻquvchilari ham bor. Keskin va murosasiz bahslarga boy boʻlgan bellashuvlarda litseyning 201-guruh oʻquvchisi Muhammadsoliy Bobojonov, 208-guruh oʻquvchisi Muhammadali Ilhomov, 207-guruh oʻquvchisi Azizbek Aminboyevlar oʻz vazn toifalarida faxrli 1-oʻrinni egallab, Osiyo chempioni boʻlishdi. 

Biz bunday nufuzli musobaqada faol ishtirok etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan xorazmlik litsey oʻquvchilarini navbatdagi gʻalabasi bilan qutlaymiz.

Xudoybergan JABBOROV,

oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.