Ana shu shior ostida Jizzax shahridagi “Oʻrda” ekologik bogʻida viloyat IIB hamda IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining Jizzax viloyati Kengashi tashabbusi bilan marafon oʻtkazildi. Chunonchi, 300 nafardan ziyod soha vakillari 3 ming metrga yugurish boʻyicha kuch sinashdilar.
Ushbu musobaqada marra chizigʻini birinchi boʻlib viloyat IIB JXX kadrlar bilan taʼminlash guruhi katta inspektori, leytenant Kamoljon Rahimov kesib oʻtdi. Ayollar orasida esa Sharof Rashidov tumani IIB JXX HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, leytenant Husniya Umurzoqovaga teng keladiganlar topilmadi. Yakunda yuqori natijalarga erishganlar diplom, medal va sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
