Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga asosan ilk marotaba soha faxriylari oʻrtasida mini futbol boʻyicha oʻtkazilayotgan “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqalarining Fargʻona viloyat bosqichi yuqori koʻtarinkilikda tashkil etildi.
Unda faxriylardan iborat jamoalar oʻzaro bahs olib bordi. Qizgʻin kechgan uchrashuvlar natijasiga koʻra, Beshariq tumani faxriylar jamoasi 3-oʻrinni, Uchkoʻprik tumani faxriylari jamoasi 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Faxrli 1-oʻrin esa Toshloq tumani faxriylariga nasib etdi.
Musobaqa yakunida gʻolib jamoalar va faol ishtirokchilar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
