Toshkent shahar IIBB idora va tizimlari safida xizmat qilayotgan sport ustalari, Respublika, Osiyo va Jahon chempionlari ishtirokida “Chempion – mening safdoshim” davra suhbati oʻtkazildi. Unda sportning boks, dzyudo, qoʻl jangi va sambo turi boʻyicha jahon va olimpiada chempionlari qatnashdi.
Yosh sport yulduzlari poytaxt ichki ishlar organlari yosh xodimlariga muvaffaqiyat sirlarini oʻrtoqlashishdi. Gʻalaba qozonish va oʻz maqsadiga erishishda avvalo Vatanni sevish va yurt oldidagi masʼuliyatni his qilish darkorligini taʼkidlab oʻtishdi. Sportchilar erishgan yutuq va natijalari hamda kelgusidagi rejalari bilan bogʻliq yosh xodimlarning savollariga javob qaytardi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
