Kibersport sport turi sifatida qabul qilinganiga hali koʻp boʻlmadi. Shunga qaramay minglab yoshlarni oʻziga jalb etib ulgurdi. Navoiy viloyatida ham ”Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida “Biz kiberjinoyatlarga qarshimiz!” shiori ostida mazkur sport turi boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi. Tadbir viloyat IIB tomonidan viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining viloyat shoʻʼbasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda 16 jamoa kibersportning “Dota-1” yoʻnalishida oʻzaro kuch sinashdilar. Aytib oʻtish lozimki, kishidan kuchli aqliy qobiliyat va kompyuter texnologiyalari boʻyicha chuqur bilimni talab qiluvchi ushbu sport oʻyini ishtirokchilarning IT sohasiga qiziqishini orttiradi. Shu bilan bilan birga, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda va kiberjinoyatlardan himoyalanishda immunitet hosil qilishda ahamiyati katta.
Musobaqaning viloyat bosqichi natijalariga koʻra 3-oʻrinni Navoiy shahrining “Jaguar”, 2-oʻrinni Konimex tumanining “Konimex” jamoasi vakillari egallashdi. Navoiy shahrining yana bir “Fly” jamoasi yoshlari esa birinchi oʻrin sohibi boʻlishdi.
Mahliyo XOLOVA,
oʻz muxbirimiz.
Navoiy viloyati.
