Namangan shahar IIOFMB tomonidan yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida voleybol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada “Chorsu”, “Chinor”, “Sharq tongi” hamda Amur Temur nomidagi mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirok etdi.

Qizgʻin va murosasiz kurashlarga boy tarzda oʻtgan musobaqa yakunida gʻoliblar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.