Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi va Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti oʻrtasida axborot-maʼnaviy sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida Milliy kutubxona tomonidan jazoni ijro etish muassasalariga muntazam ravishda axborot-resurslar – kitoblar, gazeta-jurnallar va boshqa davriy nashrlarni yetkazib berilayotgani va bu hamkorlik kelgusi yillarda ham davom ettirilishi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, hamkorlikni kengaytirish, muassasalar oʻrtasida yangi rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Ana shunday memorandumdan yana biri “Zakovat Arena”da “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti bilan ham imzolandi. Mazkur hujjat doirasida kelgusida departament tizimidagi xodimlar va jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahbuslar oʻrtasida “Zakovat” va yana boshqa turdagi intellektual oʻyinlar oʻtkazilishi rejalashtirildi.