Yaqinda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti rahbariyati hamda universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov ishtirokida oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolandi. Shuningdek, muloqot davomida mazkur oliy taʼlim muassasasida psixologiya yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarning amaliyot bazalarini kengaytirish, penitensiar psixologiya sohasini rivojlantirish istiqbollari hamda bu boradagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Ushbu hamkorlik Oʻzbekistonda penitensiar psixologiyaning ilmiy va amaliy asoslarini mustahkamlash, shuningdek, soha uchun ixtisoslashgan malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilishi shubhasiz. 

Sadriddin XAYRULLAYEV, 

leytenant.