Samarqand viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati rahbari, polkovnik F.Raxmatov tomonidan fuqarolarning muammolarini oʻrganish yuzasidan qabul oʻtkazildi. Bu haqida viloyat IIB Axborot xizmati xabar qiladi.

Qayd etilishicha, navbatdagi qabulda 20 dan ortiq turli masalalarning muammolari oʻrganildi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga ularni oʻz vaqtida, adolatli va xolis koʻrib chiqish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Gulnoza TURGʻUNBOYEVA,

«Postda» muxbiri.

Samarqand viloyati.