Xorazm viloyati IIB xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi bir qator tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tuproqqalʼa tumani IIB TQX JQG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi S.A. hamda Oʻ.N.lar tuman hududida sotish maqsadida jami 25 million soʻmlik 57600 dona “Britanik” hamda 357 dona “7 SHOTS” yozuvli pirotexnika vositalarini olib kelishgani aniqlandi.
Ayni kunda mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
