Har soʻzi “tosh bosadi”
Oʻzining samimiyati, oʻzbekona qalbga yaqin hazillari bilan xalqimiz mehrini qozongan soʻz ustasi, qiziqchi Avaz OXUN (Avazbek Azizoxunov Anvarbekovich) 1983 yil 27 aprelda Andijon viloyati Asaka tumanida tugʻilgan. 2007 yilda Oʻzbekiston Davlat sanʼat institutini tamomlagan.
Oʻzbekiston Davlat sanʼat instituti oʻquv teatrining oliy toifali drama aktyori hamda yakka tartibda litsenziya asosida sanʼat bilan shugʻullangan soʻz ustasi. 2015 yildan buyon IIV Madaniyat saroyi Ashula va raqs ansambli artisti, safdor.
Yangisidan bor...
Qaynona yangi tugʻilgan nabirasiga qarab turib keliniga: ⠀
• Umuman oʻgʻlimga oʻxshamaydi, – desa, kelinini jahli chiqib:⠀
• Oyijon, men sizga “kseroks” emasman! – dermish.
***
Bir ayol dugonasiga: ⠀
– Voy dugon, koʻzinlaringga nima boʻldi, qizarib ketibdi? ⠀
– Kecha qoʻshnimiznikida janjal boʻlayotgan edi. Men qulf tirqishidan qarab turuvdim, ichkaridan kimdir koʻzimga barmogʻini tiqib oldi. ⠀
– Unda ikkinchi koʻzing nimaga qizil? ⠀
– Ikkinchi koʻzim bilan kim barmogʻini tiqqanini koʻrmoqchi edim.
***
Bir cholni nevarasi bor ekan, ismi Diplom ekan. Bir kun cholni uyiga mehmon kelibdi. Chol nevarasiga: ⠀
• Diplom bor choy damlab kel, – debdi. ⠀
Mehmon hayron boʻlib choldan soʻrabdi: ⠀
• Nevarangizni ismi nimaga Diplom? – desa, ⠀
Chol:⠀
• Qizim shaharga diplom olib kelaman deb ketib, shuni yetaklab keldi, – dermish.
Gulnoza TURGʻUNBOYEVA tayyorladi.
