Qashqadaryo viloyati IIB YHXB va viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Qarshi shahrida oʻtkazilgan tadbirda “MAN” rusumli yuk avtomashinasi “Qarshi – Samarqand” 4R87 avtomobil yoʻlining 51-kilometrida toʻxtatildi. Yoʻl serqatnovligi bois avtomashina viloyat Bojxona boshqarmasiga olib kelinib, xolislar ishtirokida yukxonasi koʻzdan kechirilganida taxminiy qiymati 342 million soʻmdan ortiq pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
