Prezidentimizning 2022-yil 25-oktyabrdagi «2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Yangiqoʻrgʻon tumanida katta ishlar boshlab yuborilgan.
Xususan, tumanda ushbu yoʻnalishdagi ishlarga 33 mlrd 520 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan. Bugungi kunda ob-havo sharoitiga qarab joylarda ushbu qaror ijrosi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Tumanning 3-sektor hududidagi «Yuqori Qorayontoq» MFYda ayni kunlarda tenderda gʻolib boʻlgan «GREN WINDOW» MChJ tomonidan 1 ta tik quduq qurish va 8,5 km tarmoq tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirgi kungacha 2 km. tarmoq tortildi. Ushbu ishlarga 4 ta texnika hamda 16 nafar ishchilar jalb etilgan.
Ushbu maqsadlarga 2 mlrd. 4 mln. soʻm mablagʻ ajratildi.
Jarayon yakuniga yetgach 500 ta xonadon ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.
Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,
«Postda» muxbiri.
Namangan viloyati.
