Hududlarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullarda fuqarolarning muammolari, qonuniy talablari eʼtibor bilan tinglanib, ijobiy hal etishi choralari koʻrilmoqda.
Xorazm viloyati IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari, general-mayor D. Nazarmuhamedov aholi bilan yaqin muloqotda boʻlish, ularning taklif, istak va muammolarini tinglash hamda ularni ijobiy hal etish maqsadida Bogʻot tumaniga tashrif buyurdi.
Oʻtkazilgan sayyor qabulda har bir fuqaroning murojaati eʼtibor bilan tinglanib, yechim topish choralari koʻrildi. Ayniqsa, fuqarolarning maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirishga oid koʻplab murojaatlari mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida atroflicha muhokama etilib, ijobiy hal etish choralari koʻrildi. Baʼzi murojaatlar esa yechimini topish vakolatiga ega boʻlgan davlat idoralariga yuborilishi taʼminlandi.
Bu kabi sayyor tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida boʻlib oʻtmoqda.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
