Termiz tumanida “Ajrim – yechim emas” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi. Tuman oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Maʼrifat Rasulova, tuman IIB HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori Sayyora Muhammadieva va boshqa masʼullar ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuvda dastavval, buzilgan oilalar taqdiri haqidagi videorolik namoyish etildi. Shundan soʻng ajrim yoqasida turgan oilalar aʼzolari bilan alohida suhbat oʻtkazilib, ularning muammolari oʻrganildi.

Oʻrtada norasida goʻdagi boʻla turib, maishiy muammolar sabab ajrashmoqchi boʻlgan juftliklarga oiladagi munosabatlar haqida tushunchalar berildi. Farzandlar taqdiriga befarq qaramaslik, muqaddas qoʻrgʻonga zarar yetkazmaslik uchun muhim tavsiyalar aytildi.

Feruza RAHMONQULOVA,

“Postda” muxbiri.

Surxondaryo viloyati.