Yaqinda Olmazor tumani IIOFMB rahbariyati tomonidan xizmat vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari holidan xabar olindi. Otaliqqa olingan marhum xodimlar mayor A. Shamaxmudov, starshina B. Rizayev, katta serjant F. Tirkashevlar oila aʼzolarining oilaviy sharoiti oʻrganilib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari olib borib berildi. Shuningdek, kelgusida yana qandaydir muammolar yuzaga kelsa amaliy yordam berilishi tushuntirildi.
X.XOLMATOV,
Olmazor tumani IIOFMB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik.