Polkovnik U.Toirov komandirlik qilayotgan 7536-harbiy qismda konstitutsiyaviy burchini oʻtayotgan muddatli harbiy xizmatchilar mamlakatimiz Qurolli Kuchlari safida keyingi xizmat faoliyatini davom ettirishlari va oliy oʻquv yurtlariga imtiyozli asosda oʻqishga kirish imkonini beradigan harbiy qism qoʻmondonligi tavsiyanomasini olish uchun davlat test sinovlarini topshirishdi. Test sinovlarini ochiq va oshkora oʻtkazishga Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyati boʻlimi vakillari faol qatnashdi.
Mirzoqul AHADOV,
oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
