Kuni kecha IIV Namangan akademik litsey oʻqituvchisi (isteʼfodagi podpolkovnik) X.B.Ikromov "TRASTBANK" xususiy aksiyadorlik Namangan bank xizmatlari ofisida xizmat qilayotgan xodimlar va ishchi xizmatchilar bilan "Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshilik, kuchayib borayotgan oʻzaro nizo va ziddiyatlar, begunox odamlarniing qurbon boʻlayotgani barchamizni tashvish va havotirga solmasdan qoʻymaydi. Tinglovchilarga terrorizmning eng asosiy xususiyatlari haqida tushunchalar berildi.