Gulistonda Sirdaryo viloyat IIB, prokuratura, Ekologiya, Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmalari hamkorligida seminar boʻlib oʻtdi. Unda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid huquq-tartibot organlarining vazifalari muhokama etildi.

Tadbirda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sogʻligʻiga zararli taʼsirini oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

«Postda» muxbiri.

Sirdaryo viloyati.