Prezidentimizning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan "Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida"gi Farmoniga koʻra Guliston tumanidan ham bir necha fuqaro ozodlikka chiqarilgan edi.
Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Guliston tumani IIB boshligʻi, podpolkovnik Shodiyor Ibragimov avf etilan fuqarolar "Mustaqillik" mahallasida yashovchi A.D. hamda "Ahillik" mahallasida yashovchi Oʻ.A. lar bilan profilaktik suhbat oʻtkazdi. Ularga Prezidentimiz farmonining mohiyati, berilgan imokniyatdan toʻgʻri foydalanish zarurligi, qayta jinoyat koʻchasiga kirish holatida jazo muqarrarligi taʼminlanishi tushuntirildi. Shuningdek, ushbu fuqarolarning ijtimoiy, moddiy muammolarini hal etish choralari koʻrildi. Masʼullarga ushbu fuqarolarning bandligini taʼminlashga doir tegishli koʻrsatma berildi. Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri
Sirdaryo viloyati
