Xorazm viloyati hududida yuqumli kasalliklarning kirib kelishi va tarqalishining barvaqt oldini olish maqsadida bir qator nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda. Viloyat IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikdagi mazkur tadbirlarda qator qonunbuzarlik holatlari aniqlanmoqda.
Viloyat hududidagi “Momokoʻpir” YPX maskanida Urganch – Mangʻit yoʻnalishi boʻylab harakatlanib ketayotgan Amudaryo tumanida yashovchi M.T.ga tegishli “Labo” rusumli avtomashina tekshirilganida, uning yukxonasida tegishli hujjatga ega boʻlmagan 380 kilogramm parranda goʻshti borligi aniqlandi. Ushbu mahsulotning yaroqliligi tekshirib koʻrish uchun tuman veterinariya boʻlimiga hujjatlashtirilib topshirildi. Shuningdek, qonun talablariga rioya etmagan M.T.ga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
