Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlarning navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Unda dastlab xotin-qizlar oʻrtasida qonunchilik, xizmat va ijro intizomiga rioya qilishning ahvoli, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab olindi. Shundan soʻng “Ayol – millat tayanchi”, “Jasorat va buyuklik timsoli - ayol” nomli kitoblarning taqdimoti oʻtkazilib, ular haqida maʼlumotlar berildi. Yigʻilish soʻngida viloyat IIB MMI va KBTX psixologi tomonidan bir nechta psixologik-treninglar oʻtkazildi.
Nigora MAMAYUSUPOVA,
mayor.
