Buxoro tumani hokimligi majlislar zalida “Ajrim − yechim emas!” va “Oila mustahkamligi uchun barchamiz masʼulmiz!” shiori ostida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari F. Ibragimova, viloyat IIB HPB boshligʻining oʻrinbosari – xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlim boshligʻi, podpolkovnik D. Sharopova, “Tadbirkor ayol” uyushmasi rahbari D. Axmedova, mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda III bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda xotin-qizlar, ayniqsa, yoshlar va voyaga yetmaganlarni tazyiq va zoʻravonlikdan ximoya qilish, oʻzini oʻzi band qilish uchun kerakli asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish uchun subsidiyalar olish tartibi, barcha turdagi nafaqa pullari toʻgʻrisida, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga turar joy ajratilishida boshlangʻich badalini toʻlab berishda koʻmaklashish va xotin-qizlarni kasb-hunarga bepul oʻqitish, tadbirkorlikka yoʻnaltirish hamda kredit olishda koʻmaklashish borasida masʼul tashkilot vakillari tomonidan tushuntirishlar berildi

 

O. UMUROV,

mayor.

Buxoro viloyati.