Namangan viloyati IIB JXX YHXB tomonidan viloyatdagi xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillari tomonidan Vazirlar Mahkamasining «Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 172-son qarori va unda keltirilgan talablar toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, voyaga yetmagan bolalar oʻrtasida yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish boʻyicha hamkorlikda ishlash taklifi berilib, ota-onalarni doimiy ogohlantirib borish, bolalarga har kuni yoʻl qoidalarini eslatib turuvchi mashgʻulotlar oʻtkazish, bilimlarni mustahkamlovchi tadbirlarni yanada kuchaytirish lozimligi alohida taʼkidlandi.

Oʻz muxbirimiz,

Namangan viloyati.