Jizzax viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Akmal Muratov Zomin tumanining «Paxtakor» mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi. Unda hudud aholisi tomonidan mahalladagi ichimlik suvi tarmogʻini yangilash, oʻrta umumtaʼlim maktabining isitish tizimini taʼmirlash, sport zali qurish, bandlikni taʼminlashga oid talab va takliflar bildirildi. Shuningdek, turar joyni taʼmirlash, tabiiy gaz tarmogʻiga ulanish, oqova suv keltirish, salomatlikni tiklash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish kabi masalalar koʻtarildi. Ushbu muammolarni hal qilish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi. 

Tadbir davomida olti kishiga elektr pechlari topshirildi. Xuddi shunday, 9 nafar yosh safarbarlik chaqiruv rezervi, 4 nafar yosh esa oliy taʼlim muassasasi shartnoma pullarining toʻlab berilganligiga oid sertifikatlarni qabul qilib oldilar. Qolaversa, hududning faol yoshlari faxriy yorliq va sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi. 

 Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.