Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filialida Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Bekzod Naimovning talabalar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyatdagi oliy oʻquv yurtlari talabalari tomonidan sodir etilgan bir qator jinoyatlar tafsilotlari bayon etilib, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oqibatlari tushuntirildi. Shuningdek, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni turar joy bilan taʼminlash hamda taʼlim sifatini oshirish haqida fikrlar bildirildi.
Yakunda yigʻilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi. Maʼlumot oʻrnida aytish kerak, 2022-yilning oʻtgan davrida Jizzax viloyatidagi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan talabalar tomonidan 40 ta jinoyat sodir etilgan.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Rostda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
