Buxoro viloyati Iibda viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi sektor rahbarlari, tegishli mutasaddi idoralar masʼul rahbarlari ishtirokida mahallalar kesimida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha “fuqarobay” ishlashning “Buxoro tajribasi” yuzasidan tayyorlangan taqdimot oʻtkazildi. Jarayonda hududlarning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan shart-sharoit va omillar, umumiy, maxsus va yakka tartibda, shuningdek, kompleks yondashuv asosidagi profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmogʻi yuqori boʻlgan jinoyatlarning oldini olishning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, maxsus kontingent bilan ishlash, bunda aholini qiynab kelayotgan muammolar va mahallalardagi yechimini kutayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni “fuqarobay” oʻrganish, ularga zudlik bilan yechim topish, vaqt yoki mablagʻ talab qilinadigan murojaatlarni alohida nazoratga olish hamda kechiktirib boʻlmas choralar koʻrish toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Shuningdek, mazkur tajribaning aynan bir mahalla misolidagi tahlillari monitoring qilinib, erishilgan ijobiy natijadan kelib chiqib, ushbu tajribani viloyatning barcha hududlarida bekamu koʻst joriy etish kerakligi borasida tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Kun tartibiga qoʻyilgan ikkinchi masala, Ichki ishlar, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorning mazmun-mohiyatini hamkor tashkilotlar mutasaddi rahbarlariga yetkazish, ushbu qarordan kelib chiqqan vazifalar ham birma-bir muhokama qilindi. Bundan tashqari, Ichki ishlar boshqarmasida yangidan tashkil etilishi nazarda tutilgan “Yagona tezkor boshqaruv markazi”ni qurish uchun moʻljallangan bino, undagi imkoniyatlar, mazkur yoʻnalishda Toshkent shahri misolida amalga oshirilgan ijobiy tajriba muhokama qilindi va manzilli chora tadbirlar belgilandi.
Qisqasi, koʻrib chiqilgan har bir masala yuzasidan viloyat hokimligining qarorlarini ishlab chiqish, zudlik bilan masalalarga doir texnik imkoniyatlarni loyihalashtirish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
