Jizzax viloyati Zarbdor tumani Boʻston shaharchasida “xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri oʻtkazildi. Bu jarayonda ichki ishlar organlari xodimlari uyma-uy yurib, aholi muammolarini oʻrganishdi. Shuningdek, taʼlim muassasalarida oʻquvchilari davomati tekshirildi.

Oʻz navbatida aholi vakillari, xususan yoshlar ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibotlar uyushtirilib, mavzuga oid eslatmalar tarqatildi. Bunday tadbirlar viloyatning barcha aholi punktlarida bosqichma-bosqich tashkil etilayotir.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.