Boyovut tumani uchinchi sektor tashabbusi bilan bir guruh yoshlarning Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi. Homiylar koʻmagida tashkil etilgan sayohatda uchinchi sektor hududidagi «Yoshlar daftari»da turadigan ijtimoiy himoyaga muhtoj 15 nafar yoshlar qatnashdi. Tarixiy qadamjolarga qilingan sayohat yosh avlod vakillarida katta taassurot qoldirdi. 

Xurshid MUQIMOV,

kapitan.

Sirdaryo viloyati.