Gʻijduvon tumanidagi “Koʻkcha” mahallasining choʻl massivida joylashgan “Ogʻitma” ovuli hududlarida barpo etilayotgan qoʻshma korxonalar ishchi-xizmatchilari oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan keng qamrovli tezkor hamda profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, viloyat prokurori ўринбосари A. Пулатов ҳамда viloyat IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari, полковник Б.Шариповлар boshchiligida viloyat hamda tuman prokuraturasi, FVV viloyat boʻyicha boshqarmasi va boshqa bir qator sohaviy xizmatlarning 100 nafardan ortiq masʼul xodimlaridan iborat yigʻma otryad shakllantirildi.

Tadbir davomida hudud aholisi hamda ishchi-xizmatchilar, chet ellik sarmoyador va mutaxassislar bilan yakka, umumiy hamda viktimologik profilaktik targʻibot suhbatlari oʻtkazildi. Ularga jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyat va huquqbuzarliklarning jabrlanuvchisiga aylanib qolmaslik boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi.

N.БОЛТАЕВ,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.