Kitob tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda ogʻu shaydosining kirdikorlari fosh boʻldi.
Tumanning “Iskana” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi B.K. hovlisidagi mevali daraxtlari orasida 8 tup kannabis oʻsimligini yetishtirib kelayotgani aniqlandi. Kannabisning quritilgan holatda sof ogʻirligi 250 gramm tosh bosdi.
Bu kamlik qilganidek, hovlisida quritish uchun qoʻyilgan sellofan paketdagi marixuana olinib, taroziga qoʻyilganida 6,4 gramligi maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari olib borilyapti.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
