Toshkent shahar IIBB MMI va KBTX Psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis psixologlari tomonidan IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi oʻquvchilari bilan maʼnaviy-axloqiy muhit boʻyicha anonim soʻrovnoma oʻtkazildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan yoshlar oʻrtasida giyohvandlik, diniy aqidaparastlik, huquqbuzarliklarning oldini olish, internet-qaramlik, oilada sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhit tarzini targʻib qilish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish boʻyicha psixologik manbalardan keng foydalangan holda davra suhbati ham tashkillashtirildi.

Akmal ADILOV,

podpolkovnik.