Avtomobil yoʻllarida har ikki yoʻl transport hodisasining bittasi piyoda ishtirokida sodir boʻlayotganini inobatga olib, viloyat hududida qoidabuzar piyodalarga keskin choralar koʻrilmoqda. Oʻtgan 10 kun mobaynida 1785 ta ana shunday qoidabuzar piyodaga choralar koʻrildi.

Maʼlumot uchun aytish lozimki, piyodalarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, yoʻlning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib oʻtishi, yoʻlning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar oʻtish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi – eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati.