Mamlakatimizda xotin-qizlarning muammolarini bartaraf qilish doimiy eʼtiborda. Ana shu maqsadda Navoiy viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik G.Usarova viloyat Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish markazida saqlanayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi. Suhbatda markaz boshligʻi va psixologi ham ishtirok etdi.

Ushbu jarayonda ayollarning muammolarini hal etish choralari koʻrilib, ularga psixologik va huquqiy maslahatlar berildi. Bu borada tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar yuborildi. Ikki nafar ayolga himoya orderi berish, bir nafar ayolning xonadoniga borib, turmush sharoitini oʻrganish, tushuntirish ishlari olib borib, oilani yarashtirish choralari belgilab olindi. 

Mahliyo MIRZAYEVA, 

podpolkovnik.