IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentida videoselektor tarzida yigʻilish oʻtkazildi. Unda Departament boshligʻining oʻrinbosarlari, boshqarma va boʻlimlar, mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari, jazoni ijro etish koloniyalari va tergov hibsxonalarining rahbarlari hamda shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Yigʻilishda Departament boshligʻi, polkovnik Rustam Tursunov Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chogʻida jazoni ijro etish tizimida xavfsizlikni taʼminlash, shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi hamda qonuniylikni mustahkamlash borasida masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi. Soʻngra soha xodimlari oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish, ularning faoliyatni samarali tashkil etish, guruhbozlik va boshqa salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan hamda “xodimbay” ishlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, Departamentning Kadrlar boshqarmasi tomonidan joylarda maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlarni atroflicha oʻrganilib, qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanishi lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Shahrizod Shokirov,
katta leytenant.