Jarqoʻrgʻon tumanidagi «Ismoiltepa» mahallasida yashovchi Tohir Mamanov (ism-sharifi oʻzgartirildi) foto va video xizmatlari koʻrsatishga ixtisoslashgan studiyada operator boʻlib ishlaydi. U studiya rahbari O.Tilovov bilan birga toʻy va boshqa tantanali marosimlarni tasvirga olish bilan shugʻullanadi.

O.Tilovov toʻylarda balandroqdan tasvirga olishni oʻylab, uchuvchisiz uchadigan apparat (dron) sotib oladi va undan T.Mamanov bilan birga foydalana boshlaydi. Bunday apparatlardan respublikamiz hududida ruxsatsiz foydalanish va erkin tasarruf etish qonun bilan taqiqlanganini bilishsa-da, shu tarzda ishlashda davom etishadi.

Qonun hammaga barobar. Sheriklar tumandagi «Beshbuloq» mahallasi hududida oʻtkazilayotgan nikoh toʻyi marosimini «DJI mavic mini» rusumli drondan foydalangan holda, tasvirga olishayotgan vaqtda uchuvchisiz apparat rasmiylashtirib olindi. Holat yuzasidan esa jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Avaz RAHIMOV,

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi TB OʻMIB tergovchisi, mayor.