IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7256-harbiy qismda shtab boshligʻi vazifasida faoliyat koʻrsatgan podpolkovnik Oʻtkirjon Inoyatov nafaqaga kuzatildi.
Tadbirni harbiy qism komandiri, podpolkovnik SH.Abdurahmonov ochib, sohada oʻttiz yildan ortiq fidoyilik bilan xizmat qilgan Oʻ.Inoyatovning xizmat faoliyati yoshlar uchun ibrat maktabi ekanligini taʼkidladi. Xuddi shuningdek, tadbirda soʻz olganlar uning osoyishtalikni mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida samarali xizmatini alohida eʼtirof etishdi.
Anʼanaga koʻra, tadbirda nafaqaga kuzatilgan podpolkovnik Oʻtkirjon Inoyatovning yelkasiga toʻn yopilib, doʻppi kiygizildi.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
