Viloyat IIBda Ekspert-kriminalistika markazi va uning quyi tizimi xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Unda viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi hamda shahar-tumanlar IIB EKX masʼul xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil etilib, bugungi kunda sohani rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Shuningdek, ekspertlarning raqamli texnologiyalar hamda ilmiy-texnik vositalardan samarali foydalanish, ashyoviy-dalillarni topish, toʻplash, qayd etish va zaruriy ekspertizalarni tayinlashdagi rolini oshirish hamda ekspert-tadqiqot ishlarini olib borishda eng ilgʻor tajribalarga tayangan holda ish olib borish yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.

Yigʻilish yakunida barcha soha xodimlariga zamonaviy kriminalistik jomadonlar topshirildi. 

Bobur FATULLAEV,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.