Xorazm viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari zimmasidagi vazifalarni masʼuliyat bilan bajarib, hududlarda huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazishga ham alohida eʼtibor qaratishmoqda.
Jumladan, mazkur markaz xodimlari podpolkovnik S.Nurjanov va mayor B.Mirzayevlar IIV Xorazm akademik litseyida boʻlib, “Hodisa sodir boʻlgan joyga chiqish”, “Fotosuratga olish va uning usullari”, “Hodisa joyida texnik kriminalistik vositalardan toʻliq foydalanish” hamda “Ashyoviy-dalillarni aniqlash va olish usullari” mavzusida mashgʻulot oʻtkazishdi. Ilmiy-amaliy tarzda oʻtkazilgan ushbu mashgʻulot davomida oʻquvchilarga hodisa joyidan olingan ashyoviy-dalillar va ularning jinoyatlarni fosh etishdagi muhim ahamiyati toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga ham mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
