Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida «Vatanparvarlik oyligi» doirasida «Eng yaxshi tergovchi» koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Tanlov doirasida tergovchilar sport mashgʻulotlari, qoʻl jangi usullari, qurol yigʻish va sochish, psixologik sinovlardan oʻtishdi. Bellashuvlar yakuniga koʻra, Sayxunobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tergovchisi, kapitan Faxriddin Eshqulov birinchi oʻrinni egalladi.
Shuningdek, Guliston shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tergovchisi, katta leytenant Jamshid Turdiqulov ikkinchi, Sirdaryo tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi katta tergovchisi, katta leytenant Tohir Sayfullayev uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblar «Eng yaxshi tergovchi» koʻrik-tanlovining respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega boʻlishdi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
«Postda» muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
