“Maʼnaviyat marshruti” loyihasi doirasida Sharqiy-harbiy okrugiga qarashli harbiy qism bazasida oʻquv-amaliy kurslariga jalb etilgan 50 nafar ichki ishlar organlari xodimlari Margʻilon shahridagi Oʻzbekiston qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bagʻishlab ochilgan memorial muzeyga sayohat qilishdi.
Viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼmirlash xizmati tashabbusi bilan uyushtirilgan ushbu ekskurtsiya osoyishtalik posbonlarining adabiyotga boʻlgan mehrini yanada oshirdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Sayohat davomida muzey ilmiy xodimlari tomonidan Erkin Vohidovning hayoti va ijod yoʻli, yozgan kitoblari, umrboqiy dostonlari haqida maʼlumotlar berildi.
Soha xodimlari ham buyuk ijodkor bilan bogʻliq oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri
Fargʻona viloyati.
