Navoiy viloyati boʻylab yoshlarni ona Vatanni sevish, asrash hamda uning himoyasiga bel bogʻlashga targʻib etuvchi tadbirlar, koʻrgazmalar va ochiq eshiklar kunlari oʻtkazilmoqda. Yaqinda ana shunday ezgu maqsadni koʻzlagan tadbirlar viloyatning Navbahor va Xatirchi tumanlarida ham boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirlarda kinologlar oʻquvchilarga mamlakatimizning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashda kinologiya xizmatining roli, ahamiyati hamda ushbu soha vakillari zimmasiga yuklatilgan vazifalar, erishilgan yutuqlar toʻgʻrisida gapirib berishdi. Ayniqsa, kinologlarning oʻzlariga biriktirilgan toʻrt oyoqli koʻmakchilari bilan koʻrgazmali chiqishlari yoshlarda hayrat uygʻotdi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, ular qalbida kindik qoni toʻkilgan zaminga, oʻzi tugʻilib oʻsgan yurtga muhabbat tuygʻularini kuchaytirishi shubhasiz.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.