Toshkent shahar IIBB boshligʻi ishtirokida tadbir oʻtkazildi. Unda xizmat vazifasiga vijdonan yondashib, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda sodir etilgan jinoyatlarni issiq izidan fosh etishda faol qatnashib kelayotgan yosh xodimlarning ota-onalariga “Tashakkurnoma” bildirildi. Tadbir onlayn tarzda oʻtkazilib, unda namunali xodimlarning ota-onasi va qarindoshlari istiqomat qiladigan hudud mahalla faollari, yoshlar yetakchilari ham masofaviy tarzda ishtirok etishdi. Tadbir soʻngida, yosh xodimlar Bosh boshqarma boshligʻi tomonidan mukofotlandi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
