Joriy yilning 20 dekabrʼ kuni Fargʻona viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi hamda birinchi mintaqaviy hudud Fargʻona shahar boʻyicha IIOFMB 2-son IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida koʻp miqdordagi noqonuniy pirotexnika vositalari savdosiga chek qoʻyildi.
Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Shu kuni L.U. hamda D.I. ismli shaxslar 360 dona «x081 noviy vek» nomli, 360 dona «x057 Suppermen» nomli, 40 dona «A7 salyut» nomli, 8 dona «x090 noviy vek» nomli, 2400 dona «Mini salyut» nomli, 300 dona «x082 s novim godom» nomli umumiy narxi 89 million 200 ming soʻmlik pirotexnika vositalarini Fargʻona shahar Sh.Rashidov koʻchasida joylashgan xonadonlardan biriga olib kirib ketyotganlarida qoʻlga tushgan.
Inson salomatligiga xavf soluvchi ushbu noqonuniy mahsulotlar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
