Fargʻona viloyatining Toshloq tumani IIBda uch avlod uchrashuvi oʻtkazildi.

Ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilingan yosh xodimlarni sohaga yoʻnaltirish, kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlash, vataniga va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda bir guruh soha faxriylari ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda IIB rahbariyati, sohaviy xizmatlar rahbarlari, yosh xodimlar hamda ularning ota-onalari ham qatnashdi.

Tadbirda soʻz olgan tajribali ustozlar yosh xodimlarga ichki ishlar organlarining bugungi kundagi nufuzi, tizimning rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xodimlarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdilar. Oʻzlari xizmat qilgan davrdagi qiyinchiliklar haqida misollar keltirib, yoshlarni halol va samarali xizmat qilishga chaqirdilar. Oʻz tajribalaridan misollar keltirib, oʻgit va maslahatlar berishdi.

Ota-onalar ham soʻzga chiqib, farzandlarining Vatanga munosib xizmat qilishlarida, xizmat intizomi va qonuniylikka qatʼiy rioya etishlarida rahbariyat bilan hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Bunday tadbrlarlarning oʻtkazilishi yosh xodimlarni oʻz burchiga masʼuliyat bilan yondoshishga, Vatani va xalqiqa sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.