Fargʻona shahrida joylashgan IIV Jazoni ijro etish departamentining 2-mintaqaviy hudud 10-sonli tergov hibsxonasida kasb bayrami koʻtarinki ruhda nishonlandi. Bayram tadbiriga hibsxonada uzoq yil ishlab, nafaqaga chiqqan faxriylar ham taklif etildi
Tadbirda soʻzga chiqqan Jazoni ijro etish departamentining 2-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshligʻi, podpolkovnik Aʼzam Otaxodjayev hamda hibsxona boshligʻi, mayor Joʻrabek Saminjonov hamkasblari va ustozlarga samimiy tilaklarini izhor etishdi.
Namunali xizmat qilib, kasbdoshlariga alohida oʻrnak boʻlayotgan bir guruh xodimlar hamda ularning ota-onalariga departament rahbariyati tomonidan berilgan tashakkurnomalar ham bayram jarayonida oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Shu kuni mazkur jamoda uzoq yil ishlab, yosh xodimlarning chinakam ustozi va maslahatgoʻyiga aylangan podpolkovnik Shavkatjon Usmonov ehtirom bilan nafaqaga kuzatilib, unga toʻn va doʻppi kiygizildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
