Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun Vobkent tumanidagi Yoshlik mahallasida yashovchi, 1983-yilda tugʻilgan S.I.ga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV SHXBB Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor qidiruv tadbiri natijasida mazkur shaxs Moskva shahrida yashirinib yurganligi aniqlandi. Zudlik bilan u Oʻzbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi va Buxoro xalqaro aeroportida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 6-mintaqaviy hudud 4-tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

 

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.