Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani “Alamli” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Oʻ.S. 2021 yilning may oyida arzon narxda un olib berishni vaʼda qilib, shu tumanning “Madaniyat” mahallasida istiqomat qiluvchi Gʻ.Gʻ.dan 20 million soʻm pul oldi. Shundan buyon olarmon unni ham, pulini ham koʻrmadi.

Ana shu yoʻl bilan Oʻ.S. 2021 yilning sentyabr oyida Gʻallaorol tumanining Gʻafur Gʻulom mahallasida istiqomat qiluvchi U.M.dan ham 50 million soʻm olgan ekan. Jabrlanuvchilarning ichki ishlar organlariga qilgan murojaatidan soʻng tegishli tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.